Skip to main content

Nogironligi bo'lgan shaxslar huqulari to’g’risidagi
Enrollment is Closed

Kursning maqsadi YXHTning nogironlar huquqlari sohasidagi sa'y-harakatlari bilan tanishtirish va ularni kengroq xalqaro va mintaqaviy kontekstda shakllantirishdir.
Enrollment is Closed

Dastur haqida qisqa ma'lumot

"Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari" onlayn kursi YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan, Insoniylik mezonlari sohasidagi majburiyatlar va faoliyatni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Kursning maqsadi YXHTning nogironlar huquqlari sohasidagi sa'y-harakatlari bilan tanishtirish va ularni kengroq xalqaro va mintaqaviy kontekstda shakllantirishdir.

Agar savollaringiz bo'lsa, bizga bemalol murojaat qilishingiz mumkin:

Kurs davomida siz o'rganadigan narsalar

  • Nogironlik tengligi bo'yicha bilimlaringizni rivojlantirasiz.
  • Nogironlik masalalarini dolzarblashning muhim qismi bo'lgan inklyuziv amaliyotlar bo'yicha strategiyalar bilan tanishasiz.
  • YXHT faoliyati doirasidagi nogironlar tengligi va inklyuziyasiga qaratilgan harakatlarni takomillashtirishga hissa qo'shasiz.

Kurs dasturi

Kurs I - "Nogironlar tengligi" - Tanishuv

Quyidagi 3 moduldan iborat:

  1. Nogironlar tengligi tushunchasi bo'yicha asosiy tamoyillar va g'oyalar
  2. BMTning Nogironlar huquqlari bo'yicha Konventsiyasi
  3. Nogironlar huquqlari bo'yicha Konventsiyani monitoring qilish

Kurs II - Siyosiy-harbiy segment

Quyidagi 3 moduldan iborat:

  1. Nizolarning oldini olish va hal qilishda nogironlikni hisobga olish
  2. Nogironlarni inobatga oladigan politsiya va odam savdosi
  3. Siyosiy huquqlar va saylovda ishtirok (nogironlar uchun)

Kurs III - Inson segmenti

Quyidagi 3 moduldan iborat:

  1. Qonun ustuvorligi va odil sudlovdan foydalanish
  2. Nogironlik huquqlari bo'yicha qonunchilik
  3. Inklyuziv ta'lim

Kurs IV - Iqtisodiy va atrof muhit segmenti

Quyidagi moduldan iborat:

  1. To’siqsiz elektron boshqaruvni rivojlantirish

Ko'p so'raladigan savollar

Kurs qancha davom etadi?

"Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari" kursini o'tash har bir insonning o'ziga bog'liq. Ya'ni, siz YXHTning E-Learning platformasida ro'yhatdan o'tib hohlagan vaqtingizda kursni o'rganishingiz mumkin. Ammo, "Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari" kursining yakuniy muddati mavjud va siz bu davomida kursni yakunlashingiz lozim.

Nima uchun bu kurs tekin?

YXHTning E-Learning platformasidagi barcha kurslar tekin

Kursni qaysi tilda o'rganish mumkin?

"Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari" kursini ingliz va uzbek tillarida o'rganish mumkin.

Kursni o'tish bilan bog'liq talablar bormi?

Kursni o'tish uchun hech qanaqa maxsus bilim va ko'nikma talab etilmaydi.

Men sertifikatga ega bo'lishim mumkinmi?

Ushbu kursda ishtirok uchun sertifikat berilmaydi.

Baholash orqali Sertifikatga ega bolish nimadan iborat?

Har bir modulni qamrab oladigan taxminan uchta savol tasodifiy savollar bo'ladi. Sertifikatga ega bo'lish uchun siz barcha savollarning kamida 70%ga to'g'ri javob berishingiz talab etiladi. Eslatma:

  • Har bir savolga javob berish uchun bir marta imkoniyat beriladi;
  • "To'g'ri/Noto'g'ri" variantli savollardan tashqari boshqa savollarga tushuntirish berilmaydi.
Agar baholash talablariga javob bera olmasam nima bo'ladi?

Havotir olmang - Sertifikat olish uchun talab etiladigan baholashdan cheklanmagan miqdorda bilimlaringizni sinab ko'rishingiz mumkin!

Mobil telefonimdan foydalangan holda kursni o'tashim mumkinmi?

Ha. Open edX platformasi Chrome, Edge, Firefox, Internet Explorer, yoki Safari internet brauzerlari mavjud bo'lgan har qanday statsionar va mobil qurilmalarida ishlaydi. Bizning talabga javob beradigan bauzerlar ro'yhatimiz eng so'nggi ma'lumotlar.

  • Davomiyligi: 6 hafta
  • Talab etiladigan vaqt: Haftada 2-4 soat
  • Narxi: TEKIN
    Kursdan samarali foydalanish uchun barcha bilimlarni oling
  • Tashkilot: YXHT
  • Mavzu: Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari.
  • Daraja: Boshlang'ich
  • Til: Uzbek
  • Videolar transkriptsiyasi: Ingliz/Uzbek
Enrollment is Closed